Fayzullaev Evropaga ketmoqchi edi...

  • 28 sentabr, 2023, 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya Premer-ligasida yozning eng omadli transferlaridan biri Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.

Avgust oyining boshida “Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan 19 yoshli futbolchimiz legioner maqomidagi faoliyatini juda muvaffaqiyatli boshladi. Abbosbekka boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylanishi uchun bir uchta o‘yin kifoya qildi.

3e5097eab4e14a233ef15c28bce66

Yosh legionerimiz gollari va assistlari hisobini ham ochishga ulurdi. Ayni paytda Rossiya futbol jamoatchiligi orasida Abbosbek Fayzullaev eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilardan biri bo‘lib turibdi.

Rossiyaning https://metaratings.ru sayti futbolchining birinchi murabbiyi Dmitriy Anga savollar bilan murojaat qildi.

– Abbosbek Fayzullaev TsSKA tarkibiga “Rostov”ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Golli hujum tashkil qildi va o‘zi ham to‘p kiritdi. Uning Rossiyadagi muvaffaqiyatlarini kuzatib boryapsizmi?

– Albatta. O‘zbekistonda qo‘shimcha kanallarga ulanish imkonini beradigan xususiy kompaniyalar bor. Ular orqali Rossiya chempionati o‘yinlarini tomosha qilib boraman.

Abbosning TsSKAdagi startini omadli bo‘ldi,  deyish mumkin. U jamoaga yaxshi qo‘shilib ketdi. Terma jamoalarning saralash uchrashuvlari vaqtida Abbos O‘zbekistonga keldi, u bilan uchrashib, suhbatlashdik. Uning muvaffaqiyatlaridan juda xursandman. Fayzullaevning omadli o‘yinlaridan keyin tanishlarim ham meni tabriklashni boshladi.

– Abbos TsSKAni tanlaganida uning qarorini qo‘llab-quvvatladingizmi?

– Abbos TsSKAga o‘tishdan biroz avval u bilan uchrashdik. U payt hali yakuniy qarorga kelmagan edi. Men unga TsSKAga o‘tishni maslahat berdim. U “Men Evropaga borishni istayman”, degan edi. Men unga “Abbos, hozir senga Evropa chempionatlaridan aniq taklif yo‘q. TsSKA juda zo‘r tramplin bo‘ladi”, deb javob qildim.

Qolaversa, Rossiya futbolining darajasi O‘zbekistonnikidan yuqori.

image-7187-1695580752-620x417

Darhaqiqat, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy o‘yinchilari qatoriga qo‘shilgan edi.

19 yoshli yarim himoyachi joriy yil davomida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Toshkentda tashkil etilgan Osiyo chempionati va Argentinadagi jahon chempionatida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatib, bir necha klublar skautlari nazariga tushdi.

Fayzullaev Osiyo chempionatining g‘olibi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga sazovor bo‘ldi.

 “Paxtakor” rahbariyati Fayzullaevga bo‘layotgan takliflarga qaramay, uni uni o‘z safida olib qolishga harakat qildi. Biroq Abbosbek kuchini xorijda sinab ko‘rishga qaror qildi. Fayzullaev klub bilan bitimdagi banddan foydalanib,  o‘zining shartnomasini sotib oldi va Rossiyaga yo‘l oldi.

image_2023-09-17_11-04-46

TsSKA o‘zbek futbolchisi bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma tuzdi.

“O‘runov Neymarga qarshi o‘ynab yuribdi”: Rossiyaliklar Osiyoga o‘tmoqchi! (foto)

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:47
https://r.honeygain.me/BUXG911C26