Fayzullaev qo‘ldan chiqyapti yoxud Abbosbek va “Vilyarreal” masalasiga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

  • 3 iyul, 2024, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Tecno

O‘tgan yili avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan iste’dodli yarim himoyachining Rossiya Premer-ligasida zo‘r o‘ynab ketgani muxlisu mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.

Keyingi paytda Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalariga o‘tishi haqida yana ma’lumotlar urchiy boshlaydi. Avvalroq, 20 yoshli hujumkor futbolchini “Bavariya” hamda “Parma” kuzatayotgani ma’lum qilindi. So‘nggi kunlarda o‘zbek o‘yinchisi faoliyatini “Vilyarreal” davom ettirishga yaqin ekani haqida axborotlar chiqa boshladi.

Bu xabarlarga Italiyadan ham munosabat bo‘ldi. Xususan, “Parma”ning Fayzullaevga qiziqishi tufayli bu mavzuni muntazam yoritib kelayotgan parmalive.com sayti Abbosbekning Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatdi.

- Bir necha oy mobaynida “Parma” kuzatuvida bo‘lib turgan iste’dodli pleymeyker Abbosbek Fayzullaev Moskvaning TsSKA  jamoasi safida Rossiya Premer-ligasida o‘zining salohiyatini juda yaxshi namoyon eta oldi.

Lekin keyingi paytda “Parma”ning kuzatuvlari haqiqiy muzokaralar bosqichiga ko‘tarilishi yo‘lida qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Bunga Fayzullaevga Evropaning boshqa klublari ham da’vogarlik qilayotgani sabab bo‘lyapti.

Xususan, GoSport nashriga ko‘ra, moskvaliklar Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi bilan Fayzullaev transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Bu masala boshida Fayzullaevning TsSKAda yana bir mavsum qolish ehtimoli katta ekani bilan izohlangan edi. Lekin keyinchalik “Vilyarreal”ning o‘yinchiga bo‘lgan qizishi sezilarli darajada kuchaydi.

Shunga qaramay, Fayzullaev ayni paytda bor e’tiborini O‘zbekiston terma jamoasi safida Parij Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratayotganini alohida ta’kidlash lozim, - deb yozdi https://www.parmalive.com  sayti eksperti Juzeppe  Emanuele Frizone.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Futbolchilarimiz musobaqadagi ishtirokini  24 iyul kuni Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan boshlayli. Timur Kopadze shogirdlari 27 iyulda Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Abbosbek Fayzullaev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoada asosiy figuralardan hisoblanadi. Legionerimiz ushbu jamoa safida 14 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

TsSKA klubi Fayzullaevni o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan olib kelgandi. Toshkent klubiga bu transfer 500 ming evroga tushgan.

Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ydi. Mavsum kashfiyoti nomiga sazovor bo‘lgan 20 yoshli legionerimizning transfer summasi 6 million evroga ko‘tarildi.  Bugungi kunda Abbosbek Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

Legionerlarimizni Evropa Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishmoqchi

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
02/07/2024 22:56
Хаммаси ёлгон