Fayzullaev terma jamoa uchun TsSKAni “qurbon” qildimi?

  • 22 aprel, 2024, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan TsSKA 25-turda o‘z maydonida “Axmat”dan alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Qolaversa, “armiyachilar” keyingi turda “Spartak” bilan bo‘ladigan o‘yindan oldin uch nafar etakchisi xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi. Abbosbek Fayzullaev 7 –daqiqadayoq ogohlantirish oldi, Villian Rosha 19-daqiqada, Igor Diveev 89-daqiqada maydondan chetlatildi.

Abbosbek 25 aprelga belgilangan keyingi turda “Spartak”ga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yo‘l olishi kutilayotgan edi. “Axmat” bilan bo‘lgan bahsning boshidayoq mavsumdagi to‘rtinchi ogohlantirishni olgan va keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan legionerimizni terma jamoaga ertaroq yotib borish uchun atayin qo‘pol o‘ynaganlikda ayblayotganlar ham bor.

Rossiya futbolini yoritib borayotgan matchtv.ru  sayti muxbirlari vaziyatga oydinlik kiritish borasida TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov va Abbosbek Fayzullaevning o‘zi bilan fikr almashdi.

— Abbosbek Fayzullaev “Spartak” bilan bo‘ladigan bahsni o‘tkazib yuboradi. O‘tgan o‘yindan oldin u bilan suhbatlashganmidingiz?

— Biz unga uchrashuvning boshidanoq sariq kartochka olma, deb baqirgan edik. U bizni eshitdi. O‘sha vaziyat xavfli emasdi, lekin kurash vaqtida o‘yinchi hamma narsani unutadi.

— Abbosning xayoli terma jamoada bo‘lgan, degan hissiyot yo‘qmi?

— Buni uning o‘zidan so‘raysiz.

— Siz so‘ramadingizmi?

— Yo‘q hali.

Sayt muxbirlari Abbosbek Fayzullaevni ham savolga tutdi.

— Siz ogohlantirishni atayin oldingizmi?

— Yo‘q, men unaqa odam emasman.

— Terma jamoaga uchib ketyapsizmi?

— Bilmayman.

Abbosbek Fayzullaev TsSKAning hujumlarini tashkil etishda asosiy figura hisoblanadi. “Spartak” bilan bo‘lajak derbida o‘zbek legionerining xizmatiga ehtiyoj bor edi. Yaqinda TsSKA rahbariyati 20 yoshli hujumkor futbolchini “Spartak” bilan o‘yindan keyin Osiyo kubogida ishtirok etayotgan  O‘zbekiston  U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.

Abbos Osiyo kubogi bosh sovrin va yozda Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga chiqish uchun kurashayotgan terma jamoamiz ixtiyoriga 26 aprelda etib borishi rejalashtirilgandi. Endi hamyurtimizda Timur Kopadze jamoasiga bir necha kun erta borish imkoni tug‘ildi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АБВГДейка
22/04/2024 06:21
Нима килсаям у́йиндаги вазият эди,Аббосни ёмонлаётган ЦСКА ни мухлислари мас бир ту́да ичи кора руслар
&
Рахмонов шерзод
22/04/2024 12:59
Abbosda ayb yo'q u unaqa past bola emas chunki u o'zbek o'g'loni otasiga raxmat
Эркин Сатторов
22/04/2024 09:27
Ола қарға гўнг сочар, ўз айбини ўзи очар...
Эркин Сатторов
22/04/2024 09:27
Ола қарға гўнг сочар, ўз айбини ўзи очар...
&
Sports 55
21/04/2024 23:48
Русларни куп атайин деб хисоблаяпти. Кечиролмаяптилар
&
Dili
21/04/2024 23:06
Кайтдаги нарсаларди езманглар