
Fayzullaev TsSKAdagi muammolar haqida gapirdi
Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "armiyachilar" jamoasining imkoniyatlarni amalga oshirishdagi muammolari haqida gapirdi. Futbolchining ta’kidlashicha, klub har bir o‘yinda ko‘p imkoniyatlar yaratadi, ammo golli vaziyatlarni golga aylantirish ustida ishlash kerak.
- TsSKA deyarli har bir uchrashuvda etarlicha imkoniyatlar yaratmoqda. Yana bir muammo shundaki, hujumlarni yakunlashni yaxshilash kerak. Biz bu borada ishlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin orada biz bu muammoni hal qilamiz, - deya Fayzullaev so‘zlarini keltiradi "Bobsoccer".
Oltinchi turdan so‘ng TsSKA Rossiya chempionati turnir jadvalida 10 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa uchta g‘alabaga erishdi, ikkita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi, yana bir uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Fikrlar