Fayzullaevga Turkiya, Niderlandiya, Portugaliyadan qiziqish bor. Abbos qaerga o‘tgani ma’qul?

  • 18 noyabr, 2024, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abbosbek Fayzullaev bugungi kunda TsSKAning ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ham etakchi o‘yinchilaridan biriga aylanib bo‘lgan. O‘zbekiston U-23 terma jamoasida unga ustozlik qilgan Temur Kapadze Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Abbosbek haqidagi savollarga ham javob berdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu intervyuning qiziqarli qismlarini havola etadi.

— Abbos Fayzullaev — Rossiya Premer-ligasi yulduzi, O‘zbekistonning eng yorqin talanti. U bilan ishlagan paytingiz salohiyatini darrov payqaganmisiz?

— Abbos — vunderkind. U har tomonlama rivojlangan, intellekti, texnikasi, qaror qabul qilish tezligi bor va ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Eng muhim fazilati mehnatkashligi va professionalligi. Abbos har doim o‘z ustida ishlaydi. Ko‘plab iste’dod egalaridan farqli ravishda maqtovlar uni bo‘shashtirib yubormaydi. Yulduzlik kasalidan xoli.

— Nazaringizga tushganida Abbos necha yoshda edi?

— 17 yoshidayoq uni yoshlar terma jamoasiga jalb qila boshlaganman. Tabiiyki, u asosiy o‘yinchi emasdi, lekin Abbos yoshiga nisbatan ancha etuk bo‘lgan. Taktik vaziyatlarni ayrim futbolchilarga bir necha bor tushuntirish kerak, Abbos esa hammasini bittada anglab oladi.

Qanday vazifa qo‘yishingdan qat’i nazar, barchasini to‘g‘ri bajaradi. Bunga uning ota-onasi va murabbiyi juda ko‘p hissa qo‘shgan. Abbos  tarbiyali yigit, o‘qishida ham muammo bo‘lmagan va bir nechta tilni biladi.

— Abbos TsSKAga o‘tishdan oldin siz bilan maslahatlashganmi?

— Uning o‘zi nima qilayotgani, qaerga va nima uchun borayotganini yaxshi anglab olgan. Hozir esa, TsSKAga o‘tgani to‘g‘ri qadam bo‘lib chiqqani ma’lum. Abbosga ishonch bildirishyapti, murabbiylar uning iste’dodini payqay oldi. U yaxshi kollektivga tushdi, hamma sheriklari uni qo‘llab-quvvatladi, barcha bilan tez til topishdi.

— Abbosga Niderlandiya, Turkiya, Portugaliyadan qiziqish bor. “Bavariya” ham uni kuzatyapti. Keyingi qadamni qachon tashlashini maslahat bergan bo‘lardingiz?

— Agar qiziqarli variant chiqsa, qishda ketsa ham bo‘ladi. Tom chempionatlarning o‘rtamiyona jamoasi ham grand klubga o‘tish uchun yaxshi qadam bo‘ladi. TsSKA orqali ham shunday qilish mumkin.

— Abbos terma jamoa bilan jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilayotganini aytgandi. Bu haqiqatga yaqinmi?

— Albatta, chunki yo‘llanmalar soni ikki baravar ko‘paydi. Men O‘zbekiston milliy terma jamoasida 119 ta uchrashuv o‘tkazganman. Jahon chempionatiga chiqish uchun 3 ta saralash tsiklida qatnashdik, lekin har doim bir qadam – bir ochko yoki ikkita gol etishmas edi. Bizga jahon chempionatida o‘ynash armon bo‘lib qoldi. Abbos esa, bu orzusiga erishadi.

Hurmatli muxlislar, nima deb o‘ylaysiz, Abbosbek Fayzullaev qaysi chempionatga o‘tgani ma’qul? Legionerimiz Evropaning kuchli ligalarida o‘ynay oladimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

“Mourino effekti” va Shomurodovga mos top-ligalar aytildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
16/11/2024 08:42
БУ ФУТБОЛ КИМДИР ЮТАДИ КИМДИР ЮТКАЗАДИ БУГУН ЮТКАЗГАН БУЛСАК ЭРТАГА ЮТАМИЗ МЕН ХАМ ЁШЛИГИМДА КИЗИККОН МУХЛИС БУЛГАНМАН ПАХТАКОР ЮТКАЗГАНДА ТЕЛВИЗОРНИ СИНДИРГАНМАН БОСИК БУЛГАН ЯХШИ ХАЛИ УЙИНЛАР БОР РАКИБЛАР ХАМ КОКИЛАДИ ХУДО ХОХЛАСАН ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИГА ЧИКАМИЗ ФАЙЗУЛАЕВГА КЕЛСАК ЭНГ МАКУЛИ ИСПАНИЯ ЧЕМПИОНАТИ УРТАМИЁНА КЛУБ БУЛСА ХАМ.
&
Нодирбек Одилбек
15/11/2024 22:31
Кечадан бери кайфият нол бунака савол бермангларе одамга олдин терма жамоа б.н чиксин Уша жахонни чемпионатига хозир шунака савол жавоблани вахтими энди
Искандар Нарзикулов
18/11/2024 07:58
Езгача уйнаб кегин Италияа чемпионатига утгани макул у ерда чемпионат кучлирок
&
998913335306
15/11/2024 23:36
Агар таклиф булса Испания жамоатларида ўйнагани мақбул деган бўлардим.