
“Mourino effekti” va Shomurodovga mos top-ligalar aytildi!
Mourinoning uslubi ta’sir qilgan vaO‘zbekiston U-23 terma jamoasini Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga olib chiqqan Timur Kapadze Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida A Seriyada faoliyat yuritayotgan Eldor Shomurodov haqidagi savollarga ham javob berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu intervyuning qiziqarli qismlarini havola etadi.
— Abbos Fayzullaev uchun kutilayotgan yo‘lni Eldor Shomurodov bosib o‘tgan: O‘zbekiston chempionati – Rossiya Premer-ligasi – “Jenoa” – “Roma”. Uning yo‘li namunami?
— Abbos Rossiyaga Eldorga qaraganda tezroq moslasha oldi. Shomurodov bu mamlakat va uning chempionatiga ko‘nikib, o‘zini ko‘rsata boshlaganda, Italiyaga ketishiga to‘g‘ri keldi. Bu yo‘l uni “Roma”ga olib keldi.
— U erda ishlari kutilganidek yurishmadi...
— Haqiqatan, Eldor bundan-da yaxshi ochilishi mumkin edi. Lekin hamon salohiyati bor. Balki o‘ziga mos bo‘lmagan jamoa va murabbiyga duch kelgandir. Unga Joze Mourinoning uslubi ta’sir ko‘rsatgandir.
Italiyada taktik holatga ko‘p urg‘u beriladi. Eldor Shomurodovga Ispaniya yoki Germaniya chempionatlari ko‘proq mos keladi.
— Rossiya klublari ham Shomurodovga muntazam qiziqish bildirib keladi. Eldor bu variantlarni ko‘rib chiqishi kerakmi?
— Ba’zan oldinga ikki qadam bosish uchun, ortga bir qadam tashlasa ham bo‘ladi. Italiyada zaxira o‘tirganidan Rossiyada muntazam o‘ynagani yaxshi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Mash’al” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondagi faoliyati davomida muborakliklardan tashqari “Bunyodkor” safida ham to‘p tepgan.
2017 yilning 15 iyulida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov” o‘zbek hujumchisini 300 ming evro evaziga transfer qildi.
Shomurodov uch yil davomida ushbu jamoada tajriba oshirdi. “Rostov” 2020 yilning oktyabrida o‘zbek legioneri bo‘yicha bir necha takliflar orasida “Jenoa” variantini tanladi. Italiyaning eng qadimiy klubi turli bonuslarni qo‘shib hisoblaganda Shomurodov transferiga 9,5 million evro xarajat qildi.
Italiyadagi debyut mavsumidayoq sakkizga gol urgan hujumchimizni “Roma” o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu transfer poytaxt klubiga jami 19,6 million evroga tushdi. Biroq Joze Mourino legionerimizga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermadi.
Buning oqibatida Eldor Shomurodov ijara asosida “Spetsiya” va “Kalyari” kabi klublarda to‘p tepib keldi.
Joriy mavsumni yana Rim klubida boshlagan 29 yoshli hujumchimiz A Seriya va UEFA Evropa ligasi musobaqalarida o‘n marotaba maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Shomurodovga nima bo‘ldi? Hamma Eldordan xavotirda!
Shomurodovning ishlari yurishib ketadigan bo‘ldi. “Roma” Eldorni yaxshi biladigan murabbiy tanladi!
O‘zbekiston Qatarni necha marta yutgan? Bu gal nima bo‘ladi?
Fikrlar