
Fayzullaevning ham transfer qiymati yuqoriladi
12 dekabr holatiga ko‘ra Abbosbek Fayzullaevning transfer qiymati 8 millionni tashkil etdi.
Transfermarkt portalining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Fayzullaevning narxi 2 millionga yuqoriladi.
Bugunga qadar 6 million evroga baholangan hujumchimiz uchun bu yaxshi natija.
Legionerimiz joriy mavsum TsSKA safida 16 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.
Ma’lumot uchun, 10 dekabr kuni Abduqodir Husanovning transfer narxi sezilarli darajada o‘sib 12 million evroni tashkil qilgan edi.
Fikrlar