Fekir: “Lion” yaxshi o‘ynadi, ammo Messi o‘z ishini qildi
"Lion" klubi etakchisi Nabil Fekir kecha "Barselona"ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng raqib jamoa forvardi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Haqiqatdan ham “Lion” yaxshi o‘ynadi, ammo Messi o‘z ishini qildi. Tarixdagi eng zo‘r futbolchi “Lion” g‘alaba qozonmasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Uning to‘xtatib bo‘lmasdi”, - deydi Fekir.
Eslatib o‘tamiz, Messi shu kuni “Lion” darvozasiga 2ta gol urishdan tashqari, jamoasining yana 2ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar