
Felish transferi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, futbolchi jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Hali Joau Felishning "Chelsi"dan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga o‘tgani rasman e’lon qilinmadi. Ammo 25 yoshli portugaliyalik hujumchi jamoaning Avstriyadagi yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
"An-Nasr"da Felish o‘zining yurtdoshi, futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada harakat qilmoqda. Shuningdek, jamoani yaqinda portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush boshqaruvga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Joau Felish 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida "Milan" safida ijara asosida to‘p surgan. O‘tgan mavsumda Saudiya klubi ichki chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlagan va yangi mavsumda yuqori natija qayd etishni maqsad qilgan.
Fikrlar