
Felishning APLdagi "sovchilar"i yana bittaga ko‘paydi
Portugaliya terma jamoasi va "Atletiko" yarim himoyachisi Joau Felish faoliyatini Angliyaning "Aston Villa" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendeshning "bolg‘achilar" bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgani aytilmoqda.
Bundan tashqari portugalni sotib olishga "Manchester Yunayted", "Chelsi", "PSJ" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirgan.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum klubi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Joauning narxini 50 million evroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, Felish va uning jamoasi kecha JCh chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va endi u erda Marokash bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar