Felishning taqdiriga oydinlik kiritildi

  • 08.12.2022 12:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Mashhur insayder Fabritsio Romano "Atletiko" yarim himoyachisi Joau Felishning klubdagi taqdiri haqida gapirdi.

"Joau Felishning 2023 yilda "Atletiko"ni tark etish ehtimoli katta. Klub 100 million evrodan ko‘proq so‘rashi kutilyapti - taxminan 120 million. Biroq hammasi takliflarga bog‘liq bo‘ladi.

Uning qaerga ketishi hali noma’lum, uning agenti bozordagi vaziyatni o‘rganmoqda va ko‘plab klublar bilan muloqot qilinmoqda. Felish bir kun kelib Premer-ligada o‘ynashni orzu qiladi, bunga ishonaman", - deydi Romano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!