
Fergyuson MYuga shotlandiyalik futbolchini sotib olishni maslahat bermoqda
"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaga yangi futbolchilar topishda yordam bermoqda.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shotlandiyalik mutaxassis “qizil iblislar” rahbariyatiga "Aston Villa" yarim himoyachisi Jon MakGinnga e’tibor qaratishlarini so‘ragan. Ta’kidlash kerakki, Fergyuson ushbu shotland futbolchisining bobosi bilan tanish hisoblanadi.
O‘z navbatida "Aston Villa" 24 yoshli futbolchini 55 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, MakGinn o‘tgan mavsum “Aston Villa” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar