Fermin Lopes "Valensiya"ga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Barselona" La Liganing 4-turida "Valensiya"ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Dubl qayd etgan xavbek Fermin Lopes o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin boshi og‘ir bo‘ldi. Yakuniy hisob esa biz qaerda turganimizni yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Bizda o‘tgan mavsumdagi kabi maqsad bor – olg‘a intilish, intensiv va kamtarona harakat qilish. To‘g‘ri yo‘ldamiz, shu ruhda davom etishimiz kerak", – dedi Lopes.
4-turdan so‘ng "Barselona" 10 ochko to‘plab, turnir jadvalida "Real"dan ikki ochko ortda bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar