Ferran Torres Manchester klubiga o'tishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Joshuа Zirkzee jamoani tark etgan taqdirda, ispaniyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, ehtimoliy transfer Markus Reşford bilan bog‘liq hech qanday kelishuvga aloqador emasligi ham alohida ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, Torresning vaziyatini Londonning "Arsenal", Milaning "Inter" va Madriddning "Atletiko" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Barselona"da esa futbolchini sotib yuborish varianti istisno qilinmayapti.
26 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar