
Fevzi Davletov: "Bizga faqat aniqlik etishmadi"
"Mash’al" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi
O‘yin haqida
- "Mash’al" ikkinchi raqam ostida o‘ynashi kutilgan edi, raqibda pozitsion himoya holatlari juda ko‘p bo‘ldi. Biz raqib darvozasiga etish uchun ancha ko‘p harakat qildik, chunki gol urish kerak edi. Biz ko‘plab imkoniyatlar, zarbalar va standart vaziyatlar yaratdik. Jarima maydonida agressivroq harakat qilish kerak edi. Bu jihatda biz muvaffaqiyatga erishmadik. Men statistikani ko‘rdim: biz raqib darvozasiga 22 marta zarba bergan ekanmiz, shuningdek 12 ta burchak zarbasi bo‘lgan
- O‘zingiz ta’kidlaganingizdek, jamoangizda burchak zarbalari ko‘p bo‘ldi. Sizningcha, futbolchilarga ikkinchi qavatdagi o‘yinda nimadir etishmadimi?
- Aslida, biz har doim standart vaziyatlar ustida ishlaymiz. Menimcha, bugun aynan aniqlik etishmadi. Ehtimol, "Navbahor"ga qarshi oxirgi uy o‘yinida g‘alaba qozonish uchun sarflangan ehtiroslarimiz etarli bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Holbuki, "Mash’al" standart vaziyatlarda pozitsion o‘yin qilajagini bilardik. Bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan futbolchilarimiz bor. Bizga faqat aniqlik etishmadi. Agar biz bitta gol urganimizda, "Mash’al" ochilishiga to‘g‘ri kelardi va shu bilan o‘yin ham qiziqarliroq bo‘lardi hamda bizda imkoniyatlar ko‘proq yuzaga kelardi.
- Biz shunga e’tibor qaratdikki, "Surxon" turnir jadvali yuqori qismini egallagan jamoalarga qarshi yaxshi o‘ynayapti, ammo kamroq yulduzli jamoalarga qarshi o‘yinlarda sizning jamoangizda muammolar yuzaga kelyapti...
- Har bir jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor. Bizning futbolchilar esa raqibdan qat’iy nazar, har bir o‘yinga bir xil ruhda tayyorgarlik ko‘radilar. Farqi yo‘q: "Navbahor", "Xorazm" yoki "Mash’al" bo‘ladimi. Masalan, "Mash’al"ni o‘rganar ekanmiz, jamoa himoyadan o‘ynayotganini payqadik. Bu — ularning o‘ziga xos uslubi, o‘yin shakli. Bugun raqib faqat bitta yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Yaxshi bo‘ldiki, o‘sha vaziyatda to‘p to‘siqqa tegib qaytdi va gol o‘tkazib yubormadik. Aks holda, hisobni tenglashtirish juda qiyin bo‘lardi. Chempionat qiziqarli o‘tadi va kuzda kim qanday ishlagani ko‘riladi.
- Har bir o‘yinda "Surxon"da ko‘plab imkoniyatlar bo‘lyapti, shularning aksariyati yaxshi vaziyatlar. Shu bilan bog‘liq bir savol tug‘iladi: nima uchun siz ikki hujumchi bilan o‘ynash sxemasini qo‘llamaysiz?
- Biz uchta hujumchi bilan ham o‘ynayapmiz. Masalan, bugun ikkinchi hujumchi rolida Doston Tursunov o‘ynadi. U orqa hujumchi sifatida, biroz pastroq pozitsion harakat qildi. Bugun Haydarovni ham maydonga ertaroq tushirish mumkin edi. Butun o‘yinni tahlil qilishimiz kerak. O‘tgan yili biz ikki va uch hujumchi bilan o‘ynash amaliyotini ham qo‘llagan edik. Haydarovga kelsak, hozir u o‘zining eng yaxshi sport formasini hali olmagan. Hozirda u 15–20 daqiqa o‘ynay oladi. Yana ko‘p mehnat qilishi kerak. Qo‘shimcha qilib o‘tamaniki, vingerlar o‘z imkoniyatlaridan foydalanishlari kerak edi. Asilbek Jumaev ham jarima maydoniga kirganda uni bloklashdi. Unga to‘pni o‘ng oyog‘iga moslash uchun to‘xtab qolmasdan, darhol zarba berish kerak edi.
Fikrlar