FFC (Falko Fighting Championship) turnirida yana bir O‘zbekiston vakili jang qiladi
13 dekabr kuni Qirg‘izistonning Osh viloyati Qorasuv shahrida MMA bo‘yicha FFC (Falko Fighting Championship) turniri o‘tkazilishi haqida va unda uch nafar o‘zbekistonlik jangchining ishtiroki borasida ma’lumot bergan edik.
Mazkur turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari reyting janglarida ishtirok etadi. Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu jang kechasida 10 dan ortiq hamyurtlarimiz oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Ulardan biri engil vazn (70,3 kg) toifasida Javlonbek To‘xtaboev mezbonlar vakili Eldor Abdurashiduluga qarshi jang qiladi.
Yana qaysi hamyurtlarimiz ushbu turnirda o‘z janglarini o‘tkazishi haqida tez orada ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!




Fikrlar