"FIDE World Rapid Championship": 9-turdan so‘ng vakillarimiz nechanchi o‘rinni band qilib turibdi?
Xabaringiz bor, hozirgi kunda Qatarda "FIDE World Rapid Championship" turniri bo‘lib o‘tmoqda va unda bir qator shaxmatchilarimiz ishtirok etishmoqda.
Hamyurtlarimizning 9-turdan keyingi to‘plagan ochkosi hamda turnir jadvalidagi o‘rni bilan tanishing.
1. Nodirbek Abdusattorov - 7 ochko (6-o‘rin)
2. Javohir Sindarov - 6.5 ochko (12-o‘rin)
3. Muhiddin Madaminov - 5.5 ochko (45-o‘rin)
4. Nodirbek Yakubboev - 5.5 ochko (73-o‘rin)
5. Humoyun Begmuratov - 4.5 ochko (130-o‘rin)
6. Shamsiddin Vohidov - 4.5 ochko (137-o‘rin)
Turnir jadvalidа esa Vladislav Artemiev peshqadamlik qilmoqda (7.5 ochko). Ikkinchi o‘rinda esa Hans Moke ham 7.5 ochko bilan raqibini taqib qilmoqda. Norvegiyalik shaxmat afsonasi Magnus Karlsen esa 7 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Shuningdek Nodirbek Abdusattorovdan Aleksey Sarana va Yag‘ir Kan ham oldinda. Ikki shaxmatchi hisobida ham Abdusattorov kabi 7 ochko mavjud.
Fikrlar