FIFA Eronni Rossiya kabi jazolashi mumkin

  • 13.03.2026 14:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Eron bir necha kun oldin saralashdan o‘ta olganiga qaramay, jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Eronliklar amerikaliklar mamlakatga qarshi harbiy amaliyot boshlaganidan keyin AQShda o‘ynashni istamayapti.

Agar Eron o‘z fikrini o‘zgartirib, jahon chempionatidan voz kechmasa, FIFA mamlakatga futbol sanktsiyalarini qo‘llashi mumkin. RMC Sport xabariga ko‘ra, Eron jamoalari rasmiy musobaqalardan chetlatilishi mumkin. Hozir Rossiya jamoalari bilan ham shunday bo‘lyapti.

Bundan tashqari, Eron futbol federatsiyasi 275 mingdan 555 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin. Yakuniy summa forslar rasm an aynan qachon mundialdan voz kechishiga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, FIFA tartib-intizom komissiyasi Eron terma jamoasiga qo‘shimcha sport sanktsiyalarini joriy etishi mumkin.

Jahon chempionati guruh bosqichida Eron terma jamoasi Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi bahs olib borishi kutilmoqda. Bu o‘yinlarning barchasi AQShda o‘tkazilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!