Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA JCH-2026 chiptalaridan deyarli 5 milliard yevro daromad qildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

FIFA so‘nggi jahon chempionati chipta sotuvidan 4,49 milliard yevro daromad olib, avvalgi musobaqaga nisbatan besh baravar ko‘proq tushum qildi.

The Times nashrining turnir moliyaviy ko‘rsatkichlaridan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, FIFA Jahon chempionati-2026 chiptalarini sotish orqali qariyb 4,49 milliard yevro ishlab topgan.

Bu ko‘rsatkich Qatarda o‘tkazilgan JCh-2022da chiptalar savdosidan tushgan daromaddan besh baravardan ko‘proqni tashkil etadi.

Tushum FIFAning dastlabki 2,96 milliard yevrolik prognozidan ham oshib ketdi. Natijada tashkilotning Jahon chempionati-2026dan umumiy daromadi 13,47 milliard yevroga yetdi.

2026 yildagi mundialdagi uchrashuvlar soni 64 tadan 104 taga oshgan bo‘lsa-da, manbaga ko‘ra, daromadning keskin o‘sishiga asosan chiptalar narxini talabga qarab belgilash va FIFAning rasmiy platformasida qayta sotilgan chiptalar uchun undirilgan 30 foizlik komissiya sabab bo‘lgan. Sotuvchilar chiptalarni dastlabki narxidan bir necha baravar qimmatroq taklif qilish imkoniga ega bo‘lgan.

Avvalroq FIFAning musobaqa chiptalari narxi va savdosiga oid siyosati muxlislar uyushmalari tomonidan keskin tanqid qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q