FIFA yana eski qoidalarga qaytmoqchi
FIFA futbolda ofsaydni aniqlashning eski formatiga qaytishni o‘ylamoqda.
Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, ofsayd pozitsiyasi faqat hujumkor futbolchi va himoyachi o‘rtasida ko‘zga ko‘rinadigan bo‘shliq bo‘lganda qayd etiladigan variant o‘rganilmoqda.
Hozirgi qoidaga ko‘ra, hujumdagi futbolchi agar jamoadoshi uzatmani boshlaganida, tanasining qo‘llaridan boshqa joyi raqib futbolchisidan oldinga chiqqan bo‘lsa, ofsayd deb hisoblanadi.
Italiya futbol federatsiyasi yangilikni kelasi mavsumdan boshlab U-18 yoshlar chempionatida C Seriya hakamlari ishtirokida sinab ko‘rishni taklif qildi.
Avvalroq VAR texnologiyasi ham birinchi marta aynan Italiyada sinovdan o‘tkazilgan edi.

Fikrlar