FIFAga yana bir "bosh og‘riq" paydo bo‘ldi

  • 17.03.2020 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA yozgi transferlar davrini ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra bu safargi yozgi transferlar davri odatdagidan kechroq boshlanishi va kechroq tugashi mumkin. Gap shundaki, koronavirus pandemiyasi tufayli futbol musobaqalari to‘xtatilgani sababli transfer oynasi Evropa milliy chempionatlari va evrokuboklar tugashidan ancha oldin ochiladi. Bu esa hozirgi transfer bozori qoidalarining buzilishi hisoblanadi.

Bundan tashqari FIFA futbolchilar ijarasi va shartnoma muddatlari 30 iyunga qadar tuzilgani, bu muddatga qadar esa chempionatlar yakuniga etmay qolishidan xavotirda. Ayni damda tashkilot huquqshunoslari bu borada ish olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!