
FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston yuqorilashga erishdi (Foto)
FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 3 pog‘ona yuqorilab 85-o‘rinni joylashdi. Osiyoda esa 12-jamoa sifatida qayd etilmoqda.
Jahon reytingini 1755 ochko bilan Belgiya boshqarmoqda. Undan keyin Frantsiya qayd etilgan - 1726. Kuchli uchlikni Braziliya yakunlab turibdi - 1715.
Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: >>>>>
Fikrlar