Figu Olise haqida: "U istalgan dunyo top-klubida o'ynay oladi"
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu "Bavariya" vingeri Maykl Olisening oʻyinidan katta taassurot olganini aytdi.
Figu ayniqsa uning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasidagi birinchi oʻyinini alohida eʼtirof etdi.
"U "Real"ga qarshi birinchi oʻyinni ajoyib oʻtkazdi. Uning mahorati aqlbovar qilmas darajada. Menga u futbolchi sifatida juda yoqadi.
Agar shu ruhda davom etsa, doimo "Oltin toʻp" uchun nomzodlar qatorida boʻladi. Maykl oʻziga xos vinger va "Bavariya" kabi top-klubda oʻynamoqda.
Uning "Real"da oʻynashi haqida aytsam, u dunyodagi istalgan jamoada oʻynash uchun barcha sifatlarga ega — xoh u Madrid boʻlsin, xoh boshqa klub", — dedi Figu.
Fransiyalik qanot futbolchisi joriy mavsum Bundesligada 27 ta uchrashuvda 12 ta gol va 18 ta golli uzatma muallifi boʻlib, jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi.

Fikrlar