Filipe Luis faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin

  • 24.05.2019 11:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi rahbariyati yozda jamoadan ketishi kutilayotgan himoyachi Leven Kyurzavaning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklarning bu borada e’tibori "Atletiko" himoyachisi Filipe Luisga tushgan. Qayd etish lozimki, Frantsiya chempioni 33 yoshli braziliyalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Boisi, futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Eslatib o‘tamiz, Filipe Luisga shuningdek “Barselona”dan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!