Final yo‘llanmasi PSJga 1,3 milliard evroga tushdi

  • 19.08.2020 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya grandi o‘z tarixida ilk marotaba Evropa Chempionlar ligasining finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Dunyo bo‘ylab 3 million obunachiga ega bo‘lgan MisterChip statistika tvitterining hisob-kitoblariga ko‘ra, Nasser Al-Xelaifiy PSJni xarid qilgan 2011 yildan buyon uni superklubga aylanitirib, Chempionlar ligasida munosib ishtirok etadigan jamoani shakllantirishga 1,3 milliard evro sarflagani aniqlandi.

Qariyb 10 yil davomida klub futbolchilarni sotish orqali 443 million evro ishlab topgan. Bu jarayonda transferlardagi kamomad 860 million evroni tashkil qilmoqda.

PSJ tarixida eng qimmat futbolchilar qatoridan Neymar (222 mln evro), Kilian Mbappe (145 mln), Edinson Kavani (64,5 mln), Anxel Di Mariya (63 mln), Mauro Ikardi (50 mln) va David Luiz (49,5 mln) o‘rin olgan.

Shuningdek, parijliklar ilk bor Chempionlar ligasiga chiqishi uchun 110 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Bu ham turnirning o‘ziga yarasha rekord hisoblanadi.

Al-Xelaifiy davrida PSj etti marotabadan “Liga 1” chempioni, Frantsiya ligasi kubogi va mamlakat super kubogi sohibi, sakkiz marta Frantsiya kubogi sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!