
Firminoning keyingi manzili ma’lum bo‘ldi
"Liverpul" bilan shartnomani uzaytirmagan va ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Roberto Firmino faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, braziliyalik hujumchi bilani"Al-Ahli" muzokaralar o‘tkazmoqda va tezroq bu transferni amalga oshirishga urinmoqda. Klub hujumchiga 2026 yilgacha amala qiladigan shartnoma taklif qildi.
Avvalroq, Firminoga "Barsa" va "Atletiko"dan qiziqishlar borligi haqda mish-mishlar bor edi. Shuningdek, "Real" ham ikkinchi raqamli straykerlik uchun Firmino variantini ko‘rib chiqqandi.
Fikrlar