"Flamengo" Vinisiusni qaytarish rejasini ishlab chiqmoqda

  • 07.02.2026 01:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning "Flamengo" klubi "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Zhunior bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Marca nashrining xabar berishicha, "Flamengo" rahbarlari "Real" yoki Saudiya Arabistoni jamoalari bilan taqqoslab mos keladigan shart-sharoitni taklif qilishning imkonsizligini yaxshi tushunishadi. Shu bois, asosiy e’tibor futbolchining klubga nisbatan mehri va bog‘lanishiga qaratilmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli vinger 2019 yildan beri  "qaymoqranglilar" safida to‘p surmoqda. So‘nggi paytlarda braziliyalik jamoadagi vaziyatidan norozi ekanini bir necha bor bildirgan va uning ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!