Flik "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Khansi Flik "Atletiko"dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, jamoa imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"Biz yutqazdik, lekin bir nechta juda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Taslim bo‘lish niyatida emasmiz. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz yetarli edi.
Biz o‘zimizga isonamiz. Kamchilikda o‘ynagan bo‘lsak ham, juda yaxshi harakat qildik. Himoyalanish oson emasdi, ammo shunga qaramay vaziyatlar yaratdik", — dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar