Flik “Barsa” ashaddiy raqib “Real”ni qanday qilib “er tishlatgani”ni aytib berdi?

  • 27.04.2025 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya kubogi finalida “Barselona” futbolchilari “Real” jamoasi ustidan 3:2 hisobida zafar quchib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Bellashuvdan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘yin haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men jamoamiz uchun juda katta quvonch his qilyapman. Shogirdlarim maydonda matonat ko‘rsatib, nimalarga qodirligini namoyish qilganidan faxrlanaman.

Ularning jangovor shijoati va uchrashuvda natijani o‘zgartira olish qobiliyati hayratlanarli bo‘ldi. Bu haqiqiy chempionlar jamoasi ekani namoyon bo‘ldi.

“Real” ga qarli “el-klasiko” singari buyuk derbidagi g‘alaba alohida mavqega ega va muvaffaqiyat timsolidir, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Joriy mavsumda ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritgan “Barselona” futbolchilari Ispaniya kubogidagi g‘alabalari sonini  32 taga etkazib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!