Flik “Barsa” futbolchilarini ayovsiz jazolay boshladi

  • 25.02.2026 15:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona”ga ustozlik qilayotgan Hans-Diter Flik jamoada intizomni kuchaytirish uchun keskin chora-tadbirlarni qo‘llashni qaror qildi.

Jamoa yulduzlaridan Ferran Torres ma'lum qilishicha, endi mashg‘ulotlar yoki jamoa yig‘ilishlariga kechikish katta moliyaviy jazoga sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, o‘yin kuni jamoa tarkibiga kechikish holatida jarima 40 ming evroni qilib belgilandi.

Aslida germaniyalik bosh murabbiy intizomga qat'iy yondashuvi bilan tanilgan. Kataloniya superklubida muhit erkinroq bo‘lishiga qaramay, u qattiq tartibni saqlashni ma'qul ko‘ryapti.

Hans-Diter Flik 2024 yildan beri jamoani boshqarib, 99 o‘yinda 74 g‘alaba, 9 durang va 16 mag‘lubiyat qayd etgan. Joriy mavsum ham “Barselona” mamlakat chempionligiga asosiy da'vogarl hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!