Flik “Barsa”ning mag‘lubiyatiga izoh berdi
Evropa Chempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Inter”ga 3:4 hisobida engilgan “Barselona” bu yilgi musobaqani tark etdi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi har ikki uchrashuv bir xil – 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha taymlarda Frattezi kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, ikkinchi o‘yin mezbonlarining g‘alabasini ta’minladi.
O‘yindan keyin “Barselona” bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hafsalam pir bo‘ldi. Biroq bu o‘yindan yokin futbolchilarimiz harakatlaridan emas. Ular qo‘lidan kelganini qildi. Bo‘lar ish bo‘ldi. Afsuski, biz musobaqadan chiqib ketdik. Kelasi yili qaytamiz.
“Inter” ham juda kuchli jamoa. Ularning mehnati e’tirofga loyiq. Ular himoyada juda tartibli o‘ynadi, o‘ta xavfli hujumchilari bor. To‘pni yaxshi nazorat qiladi va o‘z harakatlarini avtomatlashgan darajada mukammal bajara oladi, - dedi Xans-Diter Flik.
Fikrlar