Flik "Barselona" bilan kelishuvga erishdi

  • 30.03.2026 02:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yaqin vaqt ichida yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar allaqachon printsipial kelishuvga erishgan, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Germaniyalik mutaxassis 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga rozilik bildirgan. Yaqin kunlarda barcha hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Flik 2024 yilda kataloniyaliklar bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2025/26 mavsumi yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, uning boshqaruvi ostida jamoa La Liga, Ispaniya Kubogi va ikki bor Superkubokni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Chempionlar ligasida yarim finalgacha yetib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!