
Flik "Bavariya"dan ketayotganini izohladi
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum yakunlangach jamoadan ketishini e’lon qildi.
“Bu ikki yil men uchun unutilmas bo‘ldi. Barcha his-tuyg‘ularni, g‘alabalarni va sovrinlarni hech qachon unutmayman. Ajoyib damlar. Murabbiy o‘z jamoasisiz hech narsani anglatmaydi. Menga "Bavariya"da fantastik futbolchilar bilan ishlash nasib etdi. Jamoaga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Flik katta ehtimol bilan yozda Germaniya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Uning “Bavariya”dagi o‘rnini “RB Leyptsig” ustozi Yulian Nagelsmann egallaydi.
Xans-Diter Flik 2019 yilning noyabridan buyon “Bavariya”ni boshqarib kelmoqda. Myunxenliklar 31 turdan so‘ng Bundesligada 1-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar