"Flik ba'zi jihatlarda Xaviga o‘xshab qolmoqda"

  • 14.04.2026 12:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Cadena SER" jurnalisti Manu Karreño "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so‘nggi xatti-harakatlari haqida fikr bildirib, uni ba'zi holatlarda Xaviga qiyosladi.

Gap Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yini oldidan "Atletiko"ning uy stadionidagi maydon holati haqida ketmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Flik mashg‘ulot vaqtida UEFA delegatlariga maysa sifati bo‘yicha norozilik bildirgan.

Karreño bu holatni kataloniyaliklar bosh murabbiyining bosimni his qilayotganini bilan izohladi.

"Ba'zi paytlar Flik Xaviga o‘xshab qolayotganini sezaman. Hakamlardan, maydondan shikoyat qilayapti…

Bir lahza ko‘zlarimni yumdim va Xavini ko‘rgandek bo‘ldim. Birinchi o‘yindagi hakamlikdan norozi, javob bahsida qanday boshqaruv bo‘lishini o‘ylab turibdi.

Biz uning “Metropolitano”dagi maydon holati bo‘yicha UEFA vakillari bilan gaplashayotganini ko‘rdik. Bu meni hayratda qoldirdi. Boshqa murabbiylar uchun bu oddiy holat, ammo Flik bundan ajablandi.

Menimcha, “Barselona” o‘yin oldidan o‘ziga o‘zi bosim yaratib, buni o‘z foydasiga ishlatmoqchi. Chunki ular bu bahsda nima qo‘yilganini juda yaxshi bilishadi", — dedi Karreño.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!