Flik endi bu yulduzga ishonmaydi!

  • 25 dekabr, 2024, 11:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng katta maosh olayotgan o‘yinchilaridan biri Frenki de Yongning Kataloniyadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Klub rahbariyati bir necha oy muqaddam 27 yoshli yarim himoyachiga yangi shartnoma bergan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, Frenki taklifga javob qaytarmadi.

Mutasaddilar bu shartnomani qaytib olishga majbur bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Frenki de Yong jamoadagi o‘rnini yo‘qotib bo‘lgan. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham futbolchi haqidagi fikrini o‘zgartirib, endi uning yana jamoa etakchisi bo‘lishiga ishonmay qo‘ydi. Germaniyalik mutaxassis oxirgi ikki uchrashuvda niderlandiyalik pleymeyker xizmatidan foydalanganmagani uning o‘yinchi bo‘yicha poziutsiyasini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Frenki de Yongning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Klub rahbariyati katta maosh olishiga qaramay, jamoaga deyarli yordami tegmayotgan futbolchini imkon qadar tezroq sotib yuborishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!