Flik: "Liverpul"ni tabriklayman

  • 17.09.2020 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Alkantaraning "Liverpul"ga o‘tayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Tyago - nihoyatda ajoyib futbolchi. U biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Biz u bilan birga ishlashdan zavqlandik. U bilan xayrlashishimiz hayajonli bo‘ldi. Men "Liverpul" ni tabriklayman. Endi ularda ajoyib futbolchi va ajoyib inson bor”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Alkantara “Liverpul” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi va 6-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!