Flik: "O‘yin oldidan bayram qilish to‘g‘ri deb hisoblamayman"

  • 14 may, 17:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik "Barselona"ning chempionligini oldindan nishonlash haqida o‘ylamayapti.

Tecno

- "Real Madrid"ning "Malorka"ga qarshi o‘yinini tomosha qilasizmi?

- Hali qaror qilganim yo‘q. Ammo har holda natijani bilib olaman. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz lozim.

- Chempionlikni nishonlash haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

- O‘yin oldidan bayram qilish haqida gapirish yoki o‘ylash to‘g‘ri emas deb hisoblayman. O‘yinga e’tibor qaratish kerak. Ikki yil oldin sodir bo‘lgan voqeani televizorda ko‘rganman. Hamma narsani hurmat bilan qilish lozim. Biz uch ochko uchun kurashishimiz kerak, shunday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" La Liganing 36-tur doirasidagi ertangi o‘yinida "Espanol"ni mag‘lub etsa, Ispaniya chempioni bo‘ladi. Agar bugun "Real" "Malorka"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa, Kataloniyaliklar chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!