
Flik qattiqqo‘lroq ekan...
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri Xavi va Flikning jazolash usullari haqida gapirdi.
"Xavi davrida, agar mashg‘ulotlarga kechiksak, 5000 evro jarimaga tortilardik. Ertasi kuni ham kechiksak, bu miqdor ikki baravar ko‘payardi. Ammo Flik jarimalarni olib tashladi, agar mashg‘ulotlarga kechiksangiz, o‘yinda maydonga tushmaysiz. Bu juda oddiy", - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvini safarda "Real Sosedad"ga qarshi o‘tazadi.
Fikrlar