Asosiy mazmunga oʻtish

Flik "Real" bilan 11 ochkolik farq haqida: “Hisob-kitoblarni unutishni xohlayman”

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ma'lumot uchun, kataloniyaliklar ayni paytda 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

"Barselona" bosh murabbiyi Khansi Flik "Khetafe"ga qarshi bahsdagi (2:0) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz o‘z uslubimizda, o‘z futbolimizni o‘ynashni xohladik. Bugun ko‘rganlarimni juda qadrlayman — to‘p bilan ham, to‘psiz ham. Uzun uzatmalarga e’tiborli bo‘ldik. Jamoa juda yaxshi ishladi.

Birinchi golgacha bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Albatta, gol urilgan vaziyat juda muhim. Ikkinchi gol ham shunday.

Pedri — ajoyib futbolchi. Uning munosabati va bugungi o‘yini yuqori darajada bo‘ldi. Reşford ham yaxshi o‘yin o‘tkazdi, biz aynan shunday o‘yinni kutamiz. Uning golidan xursandman, chunki u juda muhim edi.

Men barcha hisob-kitoblarni unutishni xohlayman. Muhimi — bugungi kun. Boshqa o‘yinlar haqida o‘ylash kerak emas. Barchasi yakunlangandan keyingina chempionlikni nishonlaymiz."

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar ayni paytda 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q