Flik “Real” ustidan qozonilgan g‘alabani izohladi

  • 12.01.2026 05:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Real Madrid" ustidan qo‘lga kiritilgan 3:2 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ajoyib, bu juda muhim final edi. "Real"ga qarshi o‘yinlar har doim juda qiziqarli bo‘ladi. Men faxrlanaman, biz aynan rejalashtirganimizdek o‘ynadik.

Men hali kiyinish xonasiga kirmadim, futbolchilar hozir bayram qilishyapti, faqat ularning raqs tushayotganini ko‘rdim. Juda faxrlanaman — biz nihoyatda yaxshi o‘ynadik, to'pni ham, o‘yinni ham nazorat qildik. Yakunda butun jamoa biz istagan tarzda harakat qildi. Oson bo‘lmadi, biz g‘alaba uchun jamoa sifatida kurash olib bordik.

Rafinyaning mentaliteti meni hayratga soladi, bizda shunday boshqa futbolchilar ham bor, ammo u butun jamoaga ta'sir o‘tkazadi. U birinchi vaziyatdan foydalanа olmadi, ammo ikkinchisini golga aylantirib, bizga ustunlik berdi", — dedi kataloniyaliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!