Flik “Sevilya”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Ispaniya La Ligasining 8-turida “Sevilya”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Biz bu mag‘lubiyatni qabul qilishimiz va unga ijobiy tomondan qarashimiz kerak. Birinchi bo‘limda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, ammo ikkinchi bo‘limda bunga javob qaytara oldik. Oktyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus bizga foyda keltiradi. Futbolchilar terma jamoalardan qaytgach, ularning eng yaxshi formasini tiklash uchun qattiq mehnat qilamiz.
Biz mag‘lubiyatdan ranjigan muxlislar uchun o‘ynaymiz. Ammo buni qabul qilib, oldinga qarash lozim. Birinchi bo‘lim omadsiz o‘tdi — raqib juda agressiv o‘ynadi va biz echim topa olmadik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar yaxshi harakat qildi ammo “Sevilya” ko‘proq gol urdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng birdamlikni saqlash muhim. Biz yaxshi jamoamiz va terma jamoalar tanaffusidan so‘ng har bir sovrin uchun kurashamiz”, — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun: kataloniyaliklar 8-turdan so‘ng 19 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar