
Flik: Siz har doim Laminni ko‘rasiz
Xans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi finaliga chiqishi haqida gapirdi.
"Barselona" turnirning yarim finalida "Atletik"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
- O‘ylashimcha, biz g‘alaba qozonishga haqli edik. Ba’zan biz odatdagidek dominant bo‘lmadik, ammo men xursandman. Maqsadimiz finalga chiqish edi. Shuningdek, darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimizdan xursandmiz.
Yamal haqida
- Siz har doim Laminni ko‘rasiz, ammo bizda jamoa bor. U yaqinda jarohatdan qaytdi va biz uni 60-65 daqiqadan so‘ng almashtirishga majbur bo‘ldik. G‘alaba hamma uchun muhim.
Penya o‘rniga Shensniy
- Shensniy o‘ynadi va Inyaki zaxirada qoldi. Bu mening qarorim edi.
Fikrlar