Flik VARni keskin tanqid qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Khansi Flik YEChL 1/4 final bosqichida "Atletiko"ga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng hakamlikdan norozi ekanini bildirdi.
Bahs davomidagi bahsli vaziyatlardan birida "matraschilar" himoyachisi Mark Pubil jarima maydonida to'pni qo'li bilan to'xtatgan.
Flikning fikricha, bosh hakam Ishtvan Kovach ushbu epizodda penalti belgilashi va raqib futbolchisiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatishi kerak edi.
"“Atletiko” futbolchisi ikkinchi sariq kartochka olishi va penalti bo‘lishi kerak edi. Markaziy himoyachi to‘pga qo‘l tekkizdi, lekin hech kim buni ko‘rmadi. Unda VARning nima keragi bor? Buni tushuna olmayman", — dedi Flik.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar