Flik: "Yamalning maydonga qaytgani va jamoaning g‘alabasi meni xursand qildi"
Xans-Diter Flik "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Lamin Yamal yana maydonga qaytganidan xursandmiz, uning qaytgani juda yaxshi bo‘ldi. Hammamiz Yamalni qanchalik ajoyib futbolchi ekanini bilamiz. U bugun maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Menimcha, bu uchrashuvda barcha futbolchilar a’lo darajada harakat qildi.
Biz ertaga PSJga qarshi o‘yin uchun mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Bu og‘ir o‘yin bo‘ladi. Chunki bugun biz juda kuchli jamoaga qarshi bor kuchimiz bilan o‘ynadik. Shuningdek, ularning o‘yini menga yoqdi, lekin biz g‘alabaga munosib edik. Sababi, bizda juda ko‘p imkoniyatlar va oxirida biz g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, boshlang‘ich tarkib har doim bir xil bo‘lavermaydi, chunki futbolchilarni doimiy nazorat qilish kerak. Shu sababli, biz mavsum davomida ko‘plab rotatsiyalar qilishga majburmiz", - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Fikrlar