
Florentino Peres: "Dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri uyiga qaytdi"
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres 22 yoshli himoyachi Alvaro Fernandes Karrerasning jamoaga qaytishi munosabati bilan chiqish qildi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi kecha "Benfika"dan 50 million evroga sotib olindi.
"Bugun "Real" muxlislari uchun yana bir muhim kun. Chunki tarbiyalanuvchimiz klubga qaytmoqda. Bu kabi lahzalar biz uchun katta ilhom manbaidir. Bugungi kunda biz tariximizning eng muvaffaqiyatli davrlaridan birini boshdan kechirmoqdamiz va yangi yutuqlar uchun ishlashda davom etamiz.
Joriy mavsum oldidan Trent, Xausen va Mastantuono kabi futbolchilar, shuningdek, dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri — Xabi Alonso bilan shartnoma imzoladik. Bugun esa sizlarga yana bir ajoyib futbolchini taqdim etyapmiz — Alvaro Karrerasni.
Sen bu shaharga bolaligingda kelgansan va dunyodagi eng buyuk klubning bir qismi bo‘lish nima ekanini o‘rgangansan. Asosiy jamoada o‘ynash sening orzuing edi. Shuning uchun, rivojlanish uchun jamoani tark etding va endilikda etuk futbolchi sifatida qaytding.
"Benfika"da sen o‘z sevgingni qozonib, liganing eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb tan olinding. Bugun sen bilan birga senga ishongan va doim qo‘llab-quvvatlagan oilang ham bor.
Qadrli "Real" muxlislari! Bugun tarbiyalanuvchimiz, Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri klubimizga qaytdi. "Santyago Bernabeu" seni kutmoqda. Bugungi kun sen uchun yorqin emotsiyalar davrining boshlanishidir. Xush kelibsan, Karreras. Xush kelibsan, "Real Madrid"ga! — deya ta’riflab tanishtirdi Florentino Peres.
Fikrlar