Boks afsonasi professional ringga qaytmoqchi!

  • 21.02.2026 20:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer aprel oyida Mayk Tayson bilan ko‘rgazmali jangdan so‘ng professional boksga qaytishini e’lon qildi. 

"Men hali ham yangi rekordlar o‘rnatish imkoniyatiga egaman. Tayson bilan bo‘lajak to‘qnashuvimdan tortib, keyingi professional jangimgacha, hech kim mendan ko‘ra ko‘proq tomoshabinlarni jalb qilolmaydi va kattaroq pul ishlab topolmaydi", – deya Meyvezernig so‘zlarini keltirdi "Sky Sports" nashri.

Ma’lumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida o‘z davrining eng kuchli raqiblarini mag‘lub etdi. U boks tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan 3 ta jangda - Menni Pakyao, Konor Makgregor va Saul Alvares ustidan g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!