
Font ("Barselona" prezidentligiga sobiq nomzod): "Barsa"da hali ham moliyaviy muammolar bor, Niko transferi bunga misol"
Kataloniya klubi prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Font Niko Uilyamsning "Barselona"ga transferi amalga oshmagach, klubdagi vaziyatga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli vinger yaqinda "Atletik" bilan shartnomasini 2035 yilgacha uzaytirdi.
"Barselona" – dunyodagi eng yaxshi klub va u Niko Uilyamssiz ham shunday bo‘lib qoladi. Ammo Niko bilan bog‘liq vaziyat bizga ko‘zgu oldida o‘tirib, o‘ylashga majbur qilyapti.
Klub to‘rtinchi yoz faslidirki, iqtisodiy inqiroz ortida qoldi, deya ta’kidlamoqda. Lekin reallik shundan iboratki, biz hatto transfer qilmoqchi bo‘lgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olamizmi-yo‘qmi — bilmaymiz.
Bizda La Masiya tarbiyalanuvchilaridan iborat ajoyib avlod bor. Faqat oqilona boshqaruv va improvizatsiyalarsiz ish tutish orqaligina bu avloddan mukammal jamoa tuzishimiz mumkin.
Klubda nima bo‘layotgani ustida kuchliroq nazorat kerak. Shunda biz odamlar orasida noto‘g‘ri umidlar uyg‘otmaymiz va "Barsa"ning imijiga ham putur etkazmaymiz" – deb yozdi Font o‘z sahifasida.
Fikrlar