FR: Cheranning 5 yillik seriyasini bilasizmi?

  • 16 aprel, 2023, 03:07
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Superliganing 6-turida "So‘g‘diyona"ni engib, ochkolari sonini 12taga etkazib oldi. 2:1 hisobi qayd etilgan bahsda Dragan Cheran yana o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Tecno

photo_2022-08-03_12-55-43

Bu serbiyalik futbolchi uchun Superliga doirasida urilgan 122-gol hisoblanadi (34 tasi "Nasaf" libosida kiritilgan).

photo_2018-04-08_00-10-34

U "So‘g‘diyona" muxlislarini bugun 6-marta ranjitdi. Dragan chempionatda eng ko‘p gol urgan jamoa esa Navoiyning "Qizilqum"i hisoblanadi.

photo_2022-10-18_20-23-01

Shuningdek, "Paxtakor" etakchisi yana bir seriya qayd etyapti. Jamoa chempionatning u gol urgan o‘yinlarida 5 yildan beri yutqazmayapti. Ushbu seriya bugun 59 o‘yinga etdi.

photo_2022-11-07_20-20-43

"Sherlar"ning Dragan to‘p kiritgan o‘yinlardagi yagona mag‘lubiyati 2018 yil "Loko" maydonidan ro‘y bergan edi. O‘shanda Yelichning goli va Bikmaevning dubli "temiryo‘lchilar"ga g‘alaba keltirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!