Fransis Ngannu bilan revansh qanday yakun topadi? Stipe Miochich javob berdi
UFCning og‘ir vazn toifasidagi chempioni Stipe Miochich revansh jangida ham Fransis Ngannuni mag‘lub eta olishiga ishonmoqda.
"Ngannu bilan birinchi marta jang qilganimizdan keyin, u anchagina yaxshi saviyaga ko‘tarila oldi.Birinchi raunddayoq barcha raqiblarini mag‘lub etmoqda. Ammo javob uchrashuvi ham birinchi jangdagi kabi bo‘ladi. Xuddi shu natija. Men g‘alaba qozonaman va ustunlik qilaman ",- deya ESPN Miochichning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Ular o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv “UFC 220” turniri doirasida bo‘lgan va unda Stipe ochkolar hisobiga g‘alabaga erishgan edi.

Fikrlar