
Frantsiya kubogi. PSJ "Marsel"ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi
Frantsiya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Marsel" - PSJ bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 31-daqiqada Sanches penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘nggiga yaqin Ramos muvozanatni tikladi. 57-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Malinovskiy gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Galte shogirdlari Frantsiya kubogidagi yurishiga nimchorak finalning o‘zida yakun yasadi.
Fikrlar